Asosiy kontentga o‘tish
MMotex
Xizmat ko'rsatish

MN Service

Avtoservis va moykalar uchun navbat, mijoz, ombor, moliya va ish haqi tizimi

Tavsif

MN Service - avtoservis, moyka va shu kabi xizmat ko'rsatish bizneslari uchun SaaS boshqaruv tizimi. U daftar va Excel o'rniga kunlik jurnal, mijozlar va mashinalar bazasi, xizmatlar katalogi, ombor, kassa va xodimlar ish haqini bitta joyda yuritadi. Struktura YCLIENTS kabi tizimlarni tahlil qilib qurilgan (tahlil hujjati repoda bor).

Admin panelda jurnal (yozuvlar va ularning holatlari), mijoz va mashina kartochkalari (har mashinaning tarixi va probegi), xizmatlar va texnologik kartalar, ombor va harakatlar, kassalar, kassa smenasi, to'lov moddalari, xodim jadvali va ish haqi qoidalari bor. Tizim ko'p kompaniyali (har kompaniya filiallari bilan) va super-admin paneli kompaniyalar va kelgan arizalarni ko'radi.

Mijozlar uchun onlayn yozilish sahifasi (/book/:slug) bo'sh vaqtlarni ko'rsatadi. Telegram integratsiyasi xabarnomalarni yuboradi, kamera integratsiyasi esa davlat raqami o'qiydigan kameralardan hodisalarni qabul qiladi va ular bo'yicha savol-javob beradi. Alohida landing sahifa (bosh sahifa, imkoniyatlar, demo, aloqa) ham kiradi.

Xaridor API, admin panel va landing manba kodini hamda arxitektura, yo'l xaritasi va AI strategiyasi hujjatlarini oladi.

Kim uchun: Avtoservis, moyka va boshqa xizmat bizneslari uchun SaaS ishga tushirmoqchi bo'lgan jamoa yoki o'z servisiga tizim kerak bo'lgan egalar.

Imkoniyatlar

  • Kunlik jurnal: yozuvlar, holatlar va bo'sh vaqt slotlari
  • Mijozlar bazasi va mashinalar (tarix, probeg)
  • Onlayn yozilish sahifasi (kompaniya havolasi bo'yicha)
  • Xizmatlar katalogi, kategoriyalar va texnologik kartalar
  • Ombor: mahsulotlar, qoldiq va harakatlar
  • Moliya: tranzaksiyalar, kassalar, to'lov moddalari
  • Kassa smenasini ochish va yopish
  • Xodimlar, lavozimlar va ish jadvali
  • Ish haqi qoidalari, hisob-kitob va to'lovlar
  • Telegram xabarnomalari integratsiyasi
  • Kamera integratsiyasi: hodisalar va savol-javob agenti
  • Ko'p kompaniya, filiallar, analitika va super-admin paneli

Nima kiradi

  • To'liq manba kod: API, admin panel, landing
  • ARXITEKTURA.md, ROADMAP.md, AI-STRATEGIYA.md, YCLIENTS-TAHLIL.md
  • Pilot servislar bilan kelishuv shabloni (docs/PILOT-KELISHUV.md)
  • Feature testlar (jurnal, moliya, ombor, ish haqi, kameralar va boshqalar)
  • Rol/ruxsat seederlari va demo ma'lumot seederi

Narx va shartlarni so‘rang

MN Service bo‘yicha aloqa vositangizni qoldiring, tez orada bog‘lanamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosati bilan tanishganingizni tasdiqlaysiz.

Boshqa loyihalar

CRM va savdo

LeadFlow

Telegram, Instagram, Facebook, WhatsApp va sayt formasidagi lidlar bitta CRM'da

Narx so‘rov bo‘yicha
Admin demo
3D va e-commerce

Model3D

Mebelni 3D da ko'rib, rang va o'lcham tanlab buyurtma beradigan konfigurator

Narx so‘rov bo‘yicha
Admin demo
Ta'lim va boshqaruv

EduMakon

O'quv markazlari uchun boshqaruv tizimi: guruh, davomat, to'lov, test va mobil ilova

Narx so‘rov bo‘yicha
Admin demo
MN Service | Motex