Asosiy kontentga o‘tish
MMotex
CRM va savdo

LeadFlow

Telegram, Instagram, Facebook, WhatsApp va sayt formasidagi lidlar bitta CRM'da

Tavsif

LeadFlow - bir nechta kanaldan kelayotgan murojaatlarni bitta joyga yig'adigan omnikanal lid va CRM platformasi. Telegram bot, Facebook sahifa, Instagram biznes akkaunt, WhatsApp Business, YouTube kommentlari va sayt formasi "manba" sifatida ulanadi, ulardan kelgan har bir xabar yagona kirish oqimiga tushadi.

Menejerlar bu oqimdan suhbat tarixini ko'radi, to'g'ridan-to'g'ri javob yozadi (kommentga ochiq javob yoki shaxsiy xabar) va murojaatni lidga aylantiradi. Lidlar kanban doskasida yoki jadvalda yuritiladi: bosqichlarni (Yangi, Aloqada, Muzokara, Sotildi, Yo'qotildi) o'zingiz sozlaysiz, har lidga izoh, mas'ul va summa biriktirasiz.

Avtomatlashtirish qoidalari kalit so'z va manba bo'yicha ishlaydi: mos xabar kelganda lid yaratadi va shablon asosida avto-javob yuboradi. Bir odamning turli kanallardagi murojaatlari telefon, email yoki kanal identifikatori bo'yicha bitta kontaktga birlashadi. Tizim ko'p workspace'li va rollarga bo'lingan (super-admin, owner, manager, viewer).

Xaridor API va admin panelning to'liq manba kodini, Meta, WhatsApp, YouTube/TikTok ulash qo'llanmalarini hamda loyiha rejasini oladi.

Kim uchun: Bir necha kanaldan mijoz oladigan kichik biznes, SMM agentlik yoki o'quv markazi uchun tayyor CRM asosi kerak bo'lganlar.

Imkoniyatlar

  • Manbalar: Telegram bot, Facebook, Instagram, WhatsApp, YouTube
  • Sayt formasi uchun maxfiy webhook manzil
  • Yagona kirish oqimi (inbox) va suhbat tarixi
  • Panel ichidan javob: ochiq, shaxsiy xabar yoki DM
  • Lidlar kanban doskasi va jadval ko'rinishi
  • Workspace bo'yicha sozlanadigan lid bosqichlari
  • Lidga izoh, mas'ul, summa va faoliyat tarixi
  • Kontaktlarni telefon, email, kanal ID bo'yicha birlashtirish
  • Kalit so'z qoidalari: lid yaratish va avto-javob
  • Avto-javob shablonlari va qayta javob oralig'i
  • Rollar va ruxsatlar: super-admin, owner, manager, viewer
  • Google orqali kirish va ko'p workspace

Nima kiradi

  • To'liq manba kod (API + admin panel)
  • README: o'rnatish, endpointlar jadvali, rollar
  • Meta, WhatsApp, YouTube/TikTok ulash qo'llanmalari (docs/)
  • PLAN.md - loyiha rejasi va kengaytirish yo'nalishlari
  • Feature va unit testlar
  • Rol va ruxsat seederlari

Narx va shartlarni so‘rang

LeadFlow bo‘yicha aloqa vositangizni qoldiring, tez orada bog‘lanamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosati bilan tanishganingizni tasdiqlaysiz.

Boshqa loyihalar

3D va e-commerce

Model3D

Mebelni 3D da ko'rib, rang va o'lcham tanlab buyurtma beradigan konfigurator

Narx so‘rov bo‘yicha
Admin demo
Ta'lim va boshqaruv

EduMakon

O'quv markazlari uchun boshqaruv tizimi: guruh, davomat, to'lov, test va mobil ilova

Narx so‘rov bo‘yicha
Admin demo
Marketplace

MPlace

Sayohat turlari marketplace'i: turoperatorlar tur joylaydi, mijozlar bron qiladi

Narx so‘rov bo‘yicha
Admin demo