LeadFlow
Telegram, Instagram, Facebook, WhatsApp va sayt formasidagi lidlar bitta CRM'da
O'quv markazlari uchun boshqaruv tizimi: guruh, davomat, to'lov, test va mobil ilova
EduMakon - o'quv markazlarini yuritish uchun ko'p tashkilotli (multi-tenant) platforma. Har bir tashkilotning filiallari, xonalari, kurslari, guruhlari, o'qituvchi va o'quvchilari alohida yuritiladi; tariflar va obunalar platforma darajasida boshqariladi.
Admin panelda markaz kurs va modullarni, dars jadvalini, xona va o'qituvchi bandligini boshqaradi, o'quvchilarni guruhlarga yozadi, davomat va uy vazifalarini yuritadi, guruh to'lovlari va o'qituvchi oyligini hisoblaydi. Potentsial o'quvchilar (lidlar) ommaviy endpoint orqali tushadi. Payme, Click va Uzum to'lov xizmatlari uchun backend qismi mavjud.
Ikkinchi yo'nalish - test va imtihonga tayyorlov: savollar bazasi (rubrika, baholash shkalasi, savollarni import qilish), onlayn kurslar, hamda o'quvchilar uchun alohida sayt va mobil ilova - kundalik topshiriqlar, battle (musobaqa), reyting, ota-ona hisobotlari.
Xaridor API, admin panel, o'quvchi sayti va ikkita mobil ilovaning (o'quvchi/o'qituvchi markaz ilovasi va test-tayyorlov ilovasi) manba kodini oladi.
Kim uchun: O'quv markazi, kurs yoki repetitorlik tarmog'i uchun CRM va test platformasini bitta paketda olmoqchi bo'lgan egalar va IT-studiyalar.
EduMakon bo‘yicha aloqa vositangizni qoldiring, tez orada bog‘lanamiz.
Telegram, Instagram, Facebook, WhatsApp va sayt formasidagi lidlar bitta CRM'da
Mebelni 3D da ko'rib, rang va o'lcham tanlab buyurtma beradigan konfigurator
Sayohat turlari marketplace'i: turoperatorlar tur joylaydi, mijozlar bron qiladi