LeadFlow
Telegram, Instagram, Facebook, WhatsApp va sayt formasidagi lidlar bitta CRM'da
Mebelni 3D da ko'rib, rang va o'lcham tanlab buyurtma beradigan konfigurator
Model3D - mebel do'konlari uchun 3D konfigurator platformasi. Mijoz mebelni brauzerda aylantirib ko'radi, rang, o'lcham va variantlarni tanlaydi, narx jonli hisoblanadi va buyurtma do'konga tushadi. Platforma faqat mebelga va faqat haqiqiy 3D (GLB) modellarga qaratilgan.
Admin panelda do'kon (partner) o'z mahsulotini yaratadi: GLB faylni yuklaydi, variant guruhlarini (rang, o'lcham, GLB ichidagi variantlar, faqat narxli tanlov) sozlaydi va har tanlovga narx farqini beradi. Narx va variantlarning mos kelishi serverda qayta tekshiriladi, shuning uchun mijoz yuborgan narxga ishonilmaydi.
Buyurtma M3-XXXXXX kodi bilan saqlanadi, mijoz uning holatini saytdagi sahifadan kuzatadi, do'konga esa Telegram orqali xabar boradi. Ko'p do'konli rejimda har do'kon faqat o'z mahsulotlari va buyurtmalarini ko'radi; platforma egasi hammasini boshqaradi. Repoda bozor tadqiqoti (raqobatchilar va narx modellari) ham bor.
Xaridor API, admin panel va 3D mijoz saytining manba kodini, 71 ta mebel modelini yuklash skriptini va tadqiqot hujjatini oladi.
Kim uchun: Mebel ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilarga 3D konfigurator xizmatini sotmoqchi bo'lgan studiya yoki shu yo'nalishdagi tadbirkor.
Model3D bo‘yicha aloqa vositangizni qoldiring, tez orada bog‘lanamiz.
Telegram, Instagram, Facebook, WhatsApp va sayt formasidagi lidlar bitta CRM'da
O'quv markazlari uchun boshqaruv tizimi: guruh, davomat, to'lov, test va mobil ilova
Sayohat turlari marketplace'i: turoperatorlar tur joylaydi, mijozlar bron qiladi