Asosiy kontentga o‘tish
MMotex
Marketplace

AutoBozor

Avto ehtiyot qismlar marketplace'i: mashinaga moslik filtri va ko'p sotuvchi

Tavsif

AutoBozor (loyiha fayllarida AutoParts Market nomi ham ishlatilgan) - avtomobil ehtiyot qismlari va aksessuarlari uchun marketplace. Asosiy farqi - moslik (fitment) tizimi: har bir qism marka, model va avlod bo'yicha aniq mashinalarga bog'lanadi, xaridor esa o'z mashinasini "garaj"ga qo'shib, faqat mos qismlarni ko'radi.

Xaridor sayti katalog, qidiruv, OEM raqami bo'yicha qidiruv, mahsulot va sotuvchi sahifalari, savat, manzillar, buyurtmalar tarixi va sevimlilarni o'z ichiga oladi; kirish telefon raqam va SMS-kod orqali ham, parol bilan ham mumkin. Buyurtma bir nechta sotuvchining mahsulotini o'z ichiga olishi mumkin va sotuvchi bo'yicha jo'natmalarga ajratiladi.

Admin panelda mahsulotlar, kategoriyalar, brendlar, bannerlar, avto bazasi (marka, model, avlod), viloyat va tumanlar, sotuvchilar (tasdiqlash va komissiya), buyurtmalar va rollar boshqariladi. Seederlar O'zbekiston avto bazasi va kategoriya daraxtini yuklaydi.

Xaridor API, admin panel va sayt manba kodini hamda DB modeli, fitment va API so'rovlari bo'yicha hujjatlarni oladi.

Kim uchun: Avto ehtiyot qismlari bo'yicha marketplace yoki ko'p filialli onlayn do'kon ochmoqchi bo'lgan tadbirkor va dasturchilar.

Imkoniyatlar

  • Mashinaga moslik: marka, model, avlod bo'yicha fitment
  • Foydalanuvchi garaji (mashinalar ro'yxati)
  • Katalog, filtrlar va OEM raqami bo'yicha qidiruv
  • Ko'p tilli maydonlar (uz/ru/en) katalogda
  • Savat, manzillar va buyurtma berish
  • Bir buyurtma ichida sotuvchilar bo'yicha jo'natmalar
  • Telefon + SMS-kod orqali kirish (SMS yuborish ulanishi kerak)
  • Sotuvchilar: tasdiqlash va komissiyani belgilash
  • Admin: mahsulot, kategoriya, brend, banner, viloyat/tuman
  • Admin: avto bazasi (marka, model, avlod) va moderatsiya
  • Rol/ruxsat boshqaruvi va buyurtma holatlari
  • Katalog bannerlari va viloyat/tuman ma'lumotnomasi

Nima kiradi

  • To'liq manba kod: API, admin panel va xaridor sayti
  • Hujjatlar: DB_MODEL.md, FITMENT.md, API_QUERY.md
  • PLAN.md - rollar, bosqichlar va rejalar
  • Seederlar: rollar, O'zbekiston avto bazasi, kategoriyalar, demo katalog
  • Mahsulot rasmlari to'plami (web/public) va rasm biriktirish seederi

Narx va shartlarni so‘rang

AutoBozor bo‘yicha aloqa vositangizni qoldiring, tez orada bog‘lanamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosati bilan tanishganingizni tasdiqlaysiz.

Boshqa loyihalar

Marketplace

MPlace

Sayohat turlari marketplace'i: turoperatorlar tur joylaydi, mijozlar bron qiladi

Narx so‘rov bo‘yicha
Admin demo
AutoBozor | Motex